INSONNI ANGLASH VA HURMAT QILISH MADANIYATINI SHALLANTIRISHDA TARIXIY ATAMALAR OʻRNI
PDF

Keywords

inson fenomeni, insonparvarlik, maʼnaviy kamolot, axloqiy masʼuliyat, tarbiyaviy taʼlim, ijtimoiy munosabatlar madaniyati, insonni anglash, hurmat qilish madaniyati, shaxs kamoloti, maʼnaviy barqarorlik.

How to Cite

Muhammadbehruz Ilhom oʻgʻli, B. (2026). INSONNI ANGLASH VA HURMAT QILISH MADANIYATINI SHALLANTIRISHDA TARIXIY ATAMALAR OʻRNI. Advances in Science and Education, 2(01), 136–139. https://doi.org/10.70728/edu.v02.i01.032

Abstract

 Mazkur maqolada insonni anglash va hurmat qilish madaniyatini shakllantirish muammosi zamonaviy taʼlim-tarbiya tizimining ustuvor yoʻnalishi sifatida ilmiy-metodologik nuqtayi nazardan tahlil qilingan. Inson shaxsiyati mutlaq yaxshilik yoki yomonlik doirasida emas, balki barqaror axloqiy amaliyot, maʼnaviy masʼuliyat va ijtimoiy munosabatlar tizimida namoyon boʻlishi asoslab berilgan. Maqolada inson fenomeni koʻp qatlamli, dinamik va doimiy shakllanib boruvchi maʼnaviy-ijtimoiy tizim sifatida talqin etiladi. 
Tadqiqotda insonni baholashda tashqi belgilar yoki yakka holatlarga tayanish ijtimoiy adolatsizlik va maʼnaviy loqaydlikka olib kelishi, aksincha, insonni kundalik xulq-atvor va axloqiy pozitsiyasi asosida anglash ijtimoiy barqarorlikni taʼminlashi ilmiy jihatdan  asoslangan. Shuningdek, insonni tushunish faqat ratsional tahlil emas, balki maʼnaviy hamdardlik, hurmat va ichki yaqinlikni talab etishi koʻrsatib berilgan. Maqolada tarbiyaviy taʼlimda insonparvarlikka asoslangan yondashuvlarni joriy etishning ahamiyati ochib
berilib, shaxsiy munosabatlar madaniyatini shakllantirish mexanizmlari yoritilgan. Inson qadrini eʼtirof etish, oʻz-oʻzini anglash va oʻz-oʻziga talabchanlik insonni adolatli baholashning asosiy sharti ekanligi taʼkidlangan. Ilmiy xulosalar taʼlim muassasalarida maʼnaviy barqaror muhitni shakllantirish va ijtimoiy munosabatlarda insonparvarlik tamoyillarini mustahkamlash uchun nazariy va amaliy ahamiyatga ega.

PDF

References

Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik Oʻzbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. – Toshkent: Oʻzbekiston, 2016.

Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qatʼiy tartibintizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi boʻlishi kerak. – Toshkent: Oʻzbekiston, 2017.

Avloniy A. Turkiy guliston yoxud axloq. – Toshkent: Oʻqituvchi, 1992.

Forobiy Abu Nasr. Fozil odamlar shahri. – Toshkent: Fan, 1993.

Ibn Sino Abu Ali. Tib qonunlari. – Toshkent: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 1993.

Ibn Sino Abu Ali. Solomon va Ibsol. – Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1980.

Navoiy Alisher. Mahbub ul-qulub. – Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot, 1991.

Beruniy Abu Rayhon. Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar. – Toshkent: Fan, 1968.

Gʻoziyev E. Shaxs psixologiyasi. – Toshkent: Oʻqituvchi, 2001.

Joʻrayev R.H. Pedagogika nazariyasi. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2010.

Azizxodjayeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. – Toshkent: Oʻqituvchi, 2006.

Sharipov Sh.S. Tarbiya nazariyasi va amaliyoti. – Toshkent: Fan, 2012.

Musurmonova O. Maʼnaviy-axloqiy tarbiya nazariyasi. – Toshkent: Maʼnaviyat, 2015.

Davlatov K. Ijtimoiy munosabatlar madaniyati va shaxs kamoloti. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2014

Creative Commons License

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.