QO‘L MEHNATIDA NOAN’ANAVIY TEXNOLOGIYALAR YORDAMIDA IJODIY FAOLLIKNI RIVOJLANTIRISH
PDF

Keywords

qo‘l mehnati, noan’anaviy texnologiyalar, ijodiy faollik, maktabgacha ta’lim, pedagogik yondashuvlar.

How to Cite

Nurjahon Abdunosir qizi, T. (2025). QO‘L MEHNATIDA NOAN’ANAVIY TEXNOLOGIYALAR YORDAMIDA IJODIY FAOLLIKNI RIVOJLANTIRISH. Advances in Science and Education, 1(02), 14-17. https://doi.org/10.70728/edu.v01.i02.005

Abstract

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda ijodiy faollikni rivojlantirishda qo‘l mehnatining ahamiyati, xususan, noan’anaviy texnologiyalar yordamida samaradorlikka erishish masalasi tahlil qilinadi. An’anaviy mashg‘ulotlarga qaraganda bolalarda ko‘proq qiziqish uyg‘otuvchi noan’anaviy texnologiyalar — rangli qum, tuzli rasm chizish, barmoqlar bilan bo‘yash, tabiiy materiallardan kompozitsiyalar tuzish, chiqindilarni qayta ishlash orqali yaratish va boshqa usullar qo‘llanilgan. Tadqiqot davomida bolalarning ijodiy tafakkuri, mustaqil yondashuvi, estetik didi va yaratuvchanligi bu kabi texnologiyalar yordamida sezilarli darajada rivojlanishi kuzatildi. Maqolada nazariy tahlil, kuzatuv va eksperimental usullarga asoslangan holda bolalarning ijodiy faolligini shakllantirish bo‘yicha samarali metodik yondashuvlar ishlab chiqilgan. Olingan natijalar noan’anaviy texnologiyalar orqali maktabgacha yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan qo‘l mehnati mashg‘ulotlarini yangicha tashkil etish zaruratini asoslab beradi.

PDF

References

1. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari dasturlariga qo‘l mehnati mashg‘ulotlarida noan’anaviy texnologiyalarni tizimli ravishda integratsiya qilish. Bular qatoriga qum terapiyasi, kollaj, origami, chiqindi materiallardan foydalanish, tuzli rasm, mozaika va montaj texnikalari kiradi.

2. Tarbiya jarayonida individual yondashuvni kuchaytirish, ya’ni har bir bolaning qiziqishi, ehtiyoji va ijodiy salohiyatidan kelib chiqqan holda mos mashg‘ulot turlarini tashkil etish.

3. Tarbiya beruvchilarning malakasini oshirish maqsadida maxsus seminar-treninglar, amaliy kurslar tashkil qilish; bunda innovatsion pedagogik yondashuvlar va zamonaviy metodlardan foydalanishni o‘rgatish.

4. Ota-onalar bilan hamkorlikda ijodiy faoliyatlarni tashkil etish, ularni bolalar bilan birgalikda kollajlar, qo‘g‘irchoqlar, tabiatdan olingan materiallardan ijodiy ishlanmalar tayyorlashga jalb etish.

5. Ijodiy ishlanmalar ko‘rgazmalarini muntazam o‘tkazish orqali bolalarning o‘z ishlariga nisbatan qiziqishini oshirish va ularni rag‘batlantirish.

6. Tarbiyachilar uchun metodik qo‘llanmalar va dars ishlanmalari bankini yaratish, ularda noan’anaviy texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha bosqichma-bosqich ko‘rsatmalar bo‘lishi lozim.

7. Mahalliy va xorijiy ilg‘or tajribalarni o‘rganish va amaliyotga joriy etish, ayniqsa kreativ pedagogika, art-terapiya va integrallashgan mashg‘ulot metodikasi sohasida.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RО‘YXATI

1. O‘zbekiston Respublikаsi Prezidentining 2019 yil 8 mаydаgi “O‘zbekiston Respublikаsi mаktаbgаchа tа’lim tizimini 2030 yilgаchа rivojlаntirish Konsyepsiyаsi to‘g‘risidа”gi PQ-4312-son Qаrori.

2. O‘zbekiston Respublikаsi Vаzirlаr Mаhkаmаsining 2020 yil 22 dekаbr “Mаktаbgаchа tа’lim vа tаrbiyаning dаvlаt stаndаrtini tаsdiqlаsh to‘g‘risidа” gi 802-sonli Qаrori.

3. O‘zbekiston respublikasi maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun “Ilk qadam” Davlat o‛quv dasturi takomillashtirilgan ikkinchi nashr Toshkent-2022

4.“Maktabgacha ta’lim va tarbiya tо‘g‘risida”gi О‘zbekiston Respublikasining Qonuni. 16. 12. 2019 yildagi О‘RQ-595-son.

5. Karimova, D.A. – Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi. Toshkent: Fan,2018.

6.Komarova, T.S. – Художественное воспитание в детском саду. Москва: Просвещение,1984.

7.Abdurashidov, A., & Turdaliyeva, N. (2023). DEVELOPMENT OF MANUAL WORK IN PRE-SCHOOL EDUCATION. Science and innovation, 2(B2), 282-286.

8.6.qizi Turdaliyeva, N. A. (2024). MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR IJODIY QOBILIYATLARNI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI. GOLDEN BRAIN, 2(7), 48-52.

9.Soliyev Ilhomjon Sobirjonovich, & Boymirzayeva Shakhnoza Olimjon kizi. (2023). Systemic Organization of Professional Competence, Creativity and Innovative Activity of A Future Kindergartener. Journal of Pedagogical Inventions and Practices, 19, 108–112. Retrieved from https://zienjournals.com/index.php/jpip/article/view/3709

10.Soliyev, I., & Boymirzayeva, S. (2023). MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA INNOVATSION YONDASHUVNING USLUBIY ASOSLARI VA PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI. Наука и инновация, 1(6), 128-129.

11.qizi Boymirzayeva, S. O. (2024). MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA BO ‘LAJAK TARBIYACHINING KREATIVLIGINI RIVOJLANTIRISH. GOLDEN BRAIN, 2(7), 41-47.

12.Shahnoza, B. (2024). MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA INNOVATSION YONDASHUVNING USLUBIY ASOSLARI VA PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI. University Research Base, 164-167

Creative Commons License

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.