Abstract
Mazkur maqolada til o‘qitishda XXI asr ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan zamonaviy metodlar tahlil qilinadi. Bugungi kunda ta’lim tizimi faqat til o‘rganishning an’anaviy usullarini emas, balki innovatsion yondashuvlar va metodlarni ham joriy etishga intilmoqda. Maqolada XXI asr ko‘nikmalarining (kritik fikrlash, muloqot, hamkorlik, ijodkorlik, raqamli ko‘nikmalar va boshqalar) o‘quvchilar uchun zarurligi, shuningdek, til o‘qitish jarayonida ushbu ko‘nikmalarni rivojlantirishning ahamiyati yoritiladi. Zamonaviy metodlar, jumladan, interfaol va masofaviy ta’lim, o‘yinlar, loyiha asosidagi o‘qitish, guruhli ishlash, kognitiv texnologiyalar va boshqa innovatsion yondashuvlar orqali o‘quvchilarni faollashtirish va ularga XXI asr ko‘nikmalarini o‘rgatishning samarali usullari ko‘rsatiladi.
Maqolada, shuningdek, til o‘qituvchilarining metodik tayyorgarligi va zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirishlari zarurligi, o‘quvchilarni ko‘proq interaktiv va amaliy faoliyatga jalb qilish orqali tilni o‘rganishda muvaffaqiyatga erishish imkoniyatlari haqida fikrlar keltirilgan. XXI asr ko‘nikmalarini shakllantirishda tizimli yondashuvlar va talabalarning o‘quv faoliyatini motivatsiya qilish usullari ko‘rib chiqiladi.
References
”Chet tili o`qitish metodikasi”,Sh.Alimov, A.Ismoilov, Andijon
"Ingliz tili o`qitish metodikasi”,J.Jalolov, O`qituvchi, Toshkent
”XXI asrda ilm-fan taraqqiyotining rivojlanish istiqbollari va ularda innovatsiyalarning tutgan o`rni “ mavzusidagi respublika ilmiy 4-onlayn konferensiyasi materiallari, Toshkent, Tadqiqot, 2019
”Madaniyataro muloqot”, Sh.Usmonova, G.Rixsiyeva, Toshkent, 2017
”Chet tili o`qitish metodikasi” , Sh.Alimov, A.Ismoilov, Andijon, 2017
”Tilshunoslikdagi zamonaviy yo`nalishlar: muammo va yechimlar”, Andijon, Onlayn Xalqaro Ilmiy – Amaliy Konferensiya”, 2020 http;//conference.adu.uz
”Chet tili o`qitish metodikasida zamonaviy pedagogik texnologiyalar”, Namangan, 2018
Innovations in learning technologies for English language teaching`,Gary Motteram,British Council, 2013

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.