Abstract
Mazkur maqolada Alisher Navoiy ijodining XVIII–XIX asr bayozlarida aks etishi, shuningdek, Xiva adabiy
muhiti vakili Roqim ijodi bilan uzviy bog‘liqligi tahlil etilgan. Tadqiqot davomida Abu Rayhon Beruniy
nomidagi Sharqshunoslik institutida saqlanayotgan 11432/1 inventar raqamli bayozning tarkibi o‘rganilib,
unda Navoiy, Jomiy, Bedil, Fuzuliy, Roqim kabi mashhur shoirlarning asarlari jamlanganligi aniqlangan. Bayozdagi Navoiy g‘azallarining devon nusxalari bilan solishtirilishi natijasida ayrim leksik va uslubiy farqlar aniqlangan bo‘lib, bu hol kotiblarning ijodiy yondashuvi va matnning yoddan ko‘chirilganini
ko‘rsatadi. Maqolada, shuningdek, Roqimning Alisher Navoiy g‘azaliga taxmis tarzida bog‘langan, fan
uchun noma’lum bo‘lgan muxammasi ilk bor aniqlanib, tahlilga tortilgan. Maqola bayozlarni qo‘lyozma
manba sifatida o‘rganish, ularning matnshunoslik va manbashunoslikdagi o‘rnini belgilash orqali Navoiy
merosini yanada chuqurroq tadqiq etish zarurligini asoslaydi. Tadqiqot natijalari o‘zbek mumtoz adabiyotining izchil taraqqiyot zanjirini tiklash va Alisher Navoiy ijodiy maktabining keyingi asrlardagi ta’sirini
yoritishda muhim ahamiyat kasb etadi.
References
1. Bayoz. — O‘zbekiston FA Abu Rayhon
Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti
qo‘lyozmalar fondi, inv. № 11432/1. – Eski
o‘zbek yozuvida.
2. Исҳоқов Ё. Баёз ва баёзчилик тарихи // “Ўзбек адабиёти тарихи масалалари” тўплами.
Тошкент, 1976. Б.78-101
3. Erkinov, A. Qo ‘lyozma bayozlarga oid ayrim
mulohazalar. // Oltin bitiglar. –2024. – 2-сон. –
Б.4-28
4. Shukurova Z. Bayoz an’anasi va uning adabiy
jarayondagi ahamiyati // Til va adabiyot ta’limi,
– 2022. – 2-son. – B. 10-13
5. Навоий, Алишер. Муқаммал асарлар тўплами. Бешинчи жилд. Бадоеъ ул-васат. – Тошкент: Фан, 1990. – 528 б.
6. Навоий, Алишер. Муқаммал асарлар тўплами. Бешинчи жилд. Ғаройиб ус-сиғар. –
Тошкент: Фан, 1988. – 575 б.
7. Шомуродова, С. Х. (2020). Традиция создания девона в современной узбекской литературе. in профессионал года 2020 (pp. 40-
45).

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.